SingaporeMarina Bay Sands
Singapur: Sayohat qo‘llanmasi, vizalar va bepul uy-joy · 2026
Singapore, officially the Republic of Singapore, is an island country in Southeast Asia. Its territory comprises a main island, over 60 satellite islands and islets, and one outlying islet.
Mamlakatning diqqatga sazovor joylari
SingaporeMarina Bay Sands
SingaporeMarina Bay Street Circuit
SingaporeSingapore Botanic Gardens
Tampines New TownSingapur Changi aeroporti
SingaporeArtScience Museum
SingaporeNational Gallery Singapore
SingaporeSingapore Art Museum
SingaporeEsplanade – Theatres on the Bay
SingaporeJalan Besar Stadium
Jurong TownJurong Bird Park
Tampines New TownNational Stadium
SingaporeSingapur Indoor StadiumViza va amaliy ma'lumotlar
Pasportni tanlang
Pasportingizni tanlang — pasportga qarab rasmiylashtirish vaqti, to‘lov va hujjatlar turlicha bo‘lishi mumkin.
Xavfsizlik va salomatlik
Bu yerda bo'lgan odamlar
29 aprel, 2014-yil. Kunduzgi soat 11-lar atrofida. Ostona. Amerika konsulligi. Qozoqlar va amerikaliklar o'rtasidagi muloqot davom etmoqda. Ular o'zaro yaxshi til topishayotganga o'xshaydi. Barcha talabalar xursand bo'lib chiqishmoqda. Men esa bu yerdan qanday chiqib ketar ekanman...? Qiziq savol... Bir necha daqiqa oldin quloq og'irligi sababli savolni noto'g'ri eshitib, noto'g'ri javob berib qo'yishdan qo'rqib turgan menga, bir necha soniya oldin aytib yuborgan yolg'onim tashvish bo'ldi. Bizning miyamizga singdirilgan vizaga o'tishning uchinchi qoidasiga ko'ra: «Konsulni hech qachon aldash mumkin emas». Lekin mening bu qoidani buzishimga to'g'ri kelib qoldi. Endi uni konsul sezib qolmasa edi... Mendan suhbat olib o'tirgan yigit ham o'zim kabi ko'zoynak taqqan. «Balki ko'zoynaklini ko'zoynakli yiqitmay o'tkazib yuborar» degan o'y ham keldi boshimga. Shundan so'ng o'zim ham bir kuni shunday xizmatda o'tirarman deb o'yladim. Diplomatik xodim bo'lish menga avvaldan ham yoqardi. Buning uchun eng avvalo til o'rganish kerak edi. Shu maqsad bilan ham maktabni tugatmasdan 9-sinfni bitira solib, ingliz tilini qaytadan boshidan o'rganish uchun kollejga tortdim. Mening bu qarorim ko'pchilik odamlarga tepalaridan chaqmoq tushgandek ta'sir qildi. Meni kelajakda tarix fanining o'qituvchisi bo'ladi deb hisoblab yurgan ko'pchilik, avvaliga hazil deb qabul qilsa, so'ngra mening tanlovimni tushuna olmay boshlari qotdi. «Ingliz tilidan hech narsa tushunmaydigan bola ingliz tili o'qituvchisi bo'laman deydimi? Nima degan kulgili holat. Ertaga 1-2 oydan keyin o'qiy olmay qaytib keladi-ku...» - mana, o'sha paytda ko'pchilik odamlar men haqimda shunday o'ylashdi. Buning sirini o'zimdan boshqa hech kim bilmasdi. Shu vaqtgacha hech kim bilmay kelgan katta sirni oradan 7 yil o'tgach sizlarga ochib o'tiribman. «Bo'la olsam diplomat bo'larman, bo'la olmasam o'qituvchi yoki tarjimon bo'larman. Qanday bo'lganda ham til bilgan odam yerda qolmaydi-ku!» - shu maqsad bilan ingliz tilini tanladim va bu yo'lning to'g'riligiga ko'zim yetdi. Mening diplomatiyaga, ham siyosatga bo'lgan qiziqishimni oshirgan yana bir narsa – Qosim-Jo'mart To'qayevning «Belasu» nomli mehnati bo'ldi. 2011-yilda bolalar dam olish lagerida tarbiyachi bo'lib ishlab, birinchi maoshimga shu kitobni sotib olganman. Juda ajoyib kitob, lekin u kishining buni o'zi yozganiga ishonish qiyinroq. Balki o'zi yozsa, o'zi yozgandir. Qanday bo'lganda ham taniqli yozuvchining bolasi-ku. Shu kitobida Qosim-Jo'mart bir vaqtlar Sovet Ittifoqining Singapurdagi elchixonasida ishlaganini yozadi. U kishi ham hozir mening oldimda turgan amerikalik kabi viza berish masalalari bilan shug'ullangan ekan. Bir kuni viza olishga kelgan bir kishiga (unutmasam Avstraliya fuqarosi bo'lishi kerak) hazillashib qulog'iga ruscha bir narsani aytib yuboribdi. Chamasi To'qayevni mahalliy singapurlik odam deb o'ylasa kerak, uning ruscha gapirib yuborganidan haligi odam cho'chib ketibdi. Qalin oynaning narigi tomonida turgan amerikalik konsulga qarab shu voqeani esga oldim. «Mana bu kishi ham menga bir narsa deb hazillashib yubormasmikan...? Amerikaliklar hazilga yaqin-ku...» Shunday har narsani bir o'ylab turganimda suhbat oluvchi keyingi savolini ham qo'yib ulgurdi. Qaysarlik qilib, bu savoli bir necha soniya oldin men yolg'on javob berib yuborgan savolning davomi bo'lib chiqsa: - Can you cook «Beshbarmak»? - Yes, of course! – bu savolga ham javobning qanday avtomatik tarzda og'zimdan chiqib ketganini anglamay qoldim. Oh, mon Dieu! Endi «Beshbarmak» qanday qilinadi deb so'rab qolsa nima deyman? Men uning qanday qilinishini qayerdan bilay? Umrimda qilib ko'rmagan narsam. Mayli, go'sht, xamir va kartoshkani qo'shib pishiradi deb aytib solarman, lekin qilinish jarayonini so'rab qolsa nima deb javob beraman? Birinchi nimani soladi, ikkinchi nimani solishini qayerdan bilay...? Shu aldaganim ham yetar! Bundan buyon konsulni alday olmayman. Shu bilan ikkinchi marta yolg'on gapirdim. «Meni yiqitishi aniq. Bo'ldi endi, orzuying bilan x


+2
Singapur shaharlari
Singapurdagi joylar
Kerakli joyni topolmadingizmi? Qidiruv tizimi har qanday tilni tushunadi. Qidiruvni ochish