Yer yuzida sayohat qilishni yoqtirmaydigan odam yo'q. Ammo ko'pchilik uchun bu orzu eng oxirgi o'rinlarga surilib, umr bo'yi yetib bo'lmas maqsadga aylanib qolishi sir emas. Tarixda o'chmas iz qoldirgan buyuk insonlarning o'zi ham ko'p sayohat qilgan. Shu orqali rivojlangan. Shuning uchun ham sayohat insonning rivojlanishiga yo'l ochadi. «Work and Travel» dasturi talabalar uchun ajoyib imkoniyatdir. Shuning uchun ham o'zingizga ishonsangiz, ingliz tilida gaplasha olsangiz va OTMda kunduzgi bo'lim talabasi bo'lsangiz, Amerikaning eshigi siz uchun ochiq. Ko'pgina talabalarni qiynaydigan muhim savol: «Men u yerga borsam, sarflagan pulimni chiqara olamanmi?». Men bu savolga shunday javob bergan bo'lardim: «Hammasi o'zingga bog'liq. Agar yaxshi ishlasang, yaxshi topasan. Buning uchun vaqtni bekor o'tkazmay, ikkinchi ish topib olish kerak. Imkoniyating bo'lsa, uchinchi ish ham ortiqchalik qilmaydi. Dangasalik qilmay, qonun buzmay ishlasang, sarflagan pulingni 2, hatto 3 barobar qilib chiqarib olish ham mumkin. Bir ishning puli faqat dasturga ketgan xarajatni qoplaydi. Bir ishdan sayohatga, shopingga pul ortmaydi». Shu yerda yana bir sirni ochib ketay: «Amerikada ikkinchi ishni izlaganda eshiklarida «Now hiring», «Help wanted» degan yozuvi bor joylarga ham, yo'q joylarga ham kirib, ish izlayotganingizni aytib, aplikatsiya to'ldirib ketaveringlar. Oldingizdan chiqqan restoran, mehmonxonalarning hammasiga so'rayvering. Baribir bittasi bo'lmasa bittasi chaqirib qoladi. Keyin aplikatsiya to'ldirganda Social Security Card raqamini yozadigan joy bor. Ko'pchilik qo'llarida bunday raqam bo'lmaganda u joyni bo'sh qoldirib ketadi. U joyni hech qachon bo'sh qoldirib bo'lmaydi. O'z raqamingiz yo'q bo'lsa, istalgan 9 ta sondan iborat raqamni yozib yuboringlar. Mana bu formatda: XXX-XX-XXXX. Masalan: 123-45-6789. Keyin o'zingizning raqamingiz kelganda boshliqlaringizga adashib ketibman deb uzr so'rab, o'sha qog'ozni olib, to'g'ri raqamni yozib qo'ysangiz bo'ladi. Boshliqlaringiz Social Security Card-ing bormi deb so'raganda bor deb javob berish kerak. Ko'rsatishni so'rasa «Ha, ertaga olib kelaman» deb, ertasiga «Unutib» qo'yibman deb 2-3 kungacha vaqtni cho'zib turish mumkin. Shu vaqtda o'zingizniki ham kelib qoladi. Men Amerikada 4 oy 3 kun yashadim. Men yolg'iz o'zim borib keldim. Sizlar yolg'iz yurmanglar! Eng bo'lmaganda 2 kishi, imkon bo'lsa juft bo'lib borgan ma'qul. Bo'lmasa men kabi yurasizlar, istalgan odamga: «Can you take my picture?» deb yolvorib yurasizlar. Birov to'g'ri tushiradi, birov to'g'ri tushirmaydi. Bularning hammasiga vaqt ketadi. Vaqt esa bizning umrimiz. U ko'z oldimizda o'tib bormoqda. Shuning uchun ham imkonimiz boricha ko'p narsa qilib ulgurishimiz kerak. Unda uyda dangasalik qilib yotavermay, IEC.Exchange bilan bog'laning va o'z yo'lingizni toping! P.S. Yana bir aytarim, o'z hayotingiz o'z qo'lingizda. Ming marta eshitgandan bir marta ko'rgan afzal. Keyin Amerikada yurganda hech qachon o'g'rilik va boshqa jinoyatlarga bormanglar! O'g'rilik tubi xorlik! Jinoyat tubi jazo!
+4



