Kontentga o'tish
TravelHub
Yashash

Kingston: Sayohat qo‘llanmasi, narxlar va bepul uy-joy · 2026

Kingston is the capital and main administrative centre of the Australian external territory of Norfolk Island. The Norfolk Island Regional Council is based in Kingston.

Kingston, Norfolk Island · CC BY-SA 4.0

Joylar xaritasi
Shahardagi hozirgi holatKingstonquyosh botishi 19:10
KirishPasportni tanlangJavob pasportga bog'liq.
Xaritadagi joylar4
Valyuta kursi1,43 $1 $ uchunAUD — mamlakat valyutasi2-noy, 2026 holatiga ko‘ra
Xarita yuklanmoqda
Kingston suratlarda18 ta surat
Steve Daggar · cc-by-3.0 · 1-yan, 2007
Steve Daggar · cc-by-3.0 · 1-yan, 2007
Steve Daggar · cc-by-3.0 · 1-yan, 2007
Kerry Raymond · cc-by-4.0 · 4-dek, 2015

Borish va qolish

2 manba · 3-noyabr, 2026 holatiga ko‘ra
Manba: TravelHub · OurAirports (public domain)

Yetib kelish

Yetib kelishOurAirports (public domain)
Norfolk Island International Airport NLKmarkazdan 3 km masofada
Île des Pins Airport ILPmarkazdan 718 km masofada
Nouméa Magenta Airport GEAmarkazdan 768 km masofada

Bu yerda bo'lgan odamlar

Ayaulym Seidollaayaulym210103 · O'qish
Yangi bob

"Agar dunyoni o'zgartirmoqchi bo'lsang, avvalo o'zingdan boshla" M. Gandi Har bir inson doimo yaxshiroq, kuchliroq, yoshroq, chiroyliroq bo'lishga intiladi. U o'zini ham, atrofini ham, hayotini ham imkon qadar yaxshi tomonga o'zgartirishni xohlaydi. Masalan, odamlar doimo yuqoriroq lavozimdagi ishga intilishadi, ko'proq maosh olishni xohlashadi, hatto uyali telefoni eskirgan bo'lmasa ham, har yili yangi modelini olishga harakat qilishadi. Men ham o'sha ko'pchilikdan biri edim. Men ham o'zimdagi resurslar bilan hayotimga ozuqa bo'ladigan, yangi g'oyalar olib keladigan, asosiysi, hayotga bo'lgan qarashimni kattaroq gradusdagi burchaklarga o'zgartiradigan imkoniyatlar izladim. Shu sababli ham, 2021-yil 9-oktabr kuni talabalik hayotimning ilk debat turniridan qaytayotgan paytimda Work and Travel dasturining o'sha yilgi bitiruvchisiga duch kelib, katta qadam tashlashga bel bog'ladim. Yolg'iz qizini qorli Qarag'andadan o'qishga, hatto Olmaotaga yuborishni istamagan onamni ko'ndirish esa bir hafta vaqtimni oldi. Bu maqsad ham bajarilgach, belini bog'lagan Ayaulim eng birinchi qadamni pasport tayyorlashdan boshladi... Dasturga topshirayotganda ham, hatto viza olganda ham AQShga borishimga, u yerni ko'rishimga ishonmadim. Men uchun, oilada hali hech kim chet el ko'rmagan oddiy qishloqning qora qizi uchun bu mutlaqo imkonsiz orzu edi. Bormoqchi bo'lgan birinchi sababim, o'zimga chet elga chiqishning mumkinligini isbotlamoqchi edim. Mening ko'plab orzularim bor, onamga butun dunyoning yaxshiliklarini ko'rsataman degan, men esa o'sha orzuimning amalga oshishiga ishonish uchun birinchi chet elga chiqib ko'rishim kerak edi. Ikkinchidan, men hayotga mutlaqo bo'lak prizma bilan qaraydigan odamlar bilan tanishishni orzu qildim. Ularning ongi ko'zini ochganidan beri boshqa mentalitetda, boshqa jamiyat va muhitda tarbiyalangan. O'ylab ko'ring-a, biz uchun yangi odamlarda, biz o'rganib qolgan do'stlik qadriyatining ma'nosi mutlaqo bo'lak. Ularning ovqatlanish odobi ham, hatto salomlashish odobi ham mutlaqo boshqacha. Xuddi boshqa olamga tushib qolgandek tuyg'u. Ular bilan muloqot qila turib, ularning har bir mayda narsalarga qanday qarashini payqaysan, balki sen uchun ahamiyatsiz narsa ular uchun butun dunyoga tengdir? Shu kabi ming xil savollar mening ongimga tinchlik bermadi. U olamni shunchalik sog'indimki, hayotimda bo'layotgan har bir vaziyatga boshqa mentalitetda o'sgan odam qanday reaksiya bildirgan bo'lardi deb miyamda tasavvur qilish men uchun odat bo'lib qoldi. (Balki vizualizatsiya degani shudir?) Endi qurilayotgan karyeramga yangi tanishuvlar va do'stlik, hatto yangi manzil kelajakda oldimga keladigan har xil xarakterdagi o'quvchilarni o'qitish, tanish uchun bu dastur beradigan tajriba cheksiz bo'lib ko'rindi. Men qanchalik ko'p manzilga borib, odamlarni boricha tanishga harakat qilsam, shunchalik menga har xil o'quvchilarimni ham tanib, o'qitish osonroq bo'ladi. Ko'rib turganingizdek, men AQShga juda katta umid bog'ladim. U meni butunlay o'zgartiradi, hayotimning barcha sohalariga yaxshi ta'sir qoldiradi deb ishondim. Ha, shunday bo'ldi ham. Borishi bilan odamlar, ko'chalar, menga begona narsalarning barchasi meni yangi hayotga o'rgata boshladi. Lekin meni qattiq o'zgartirgan bulardan mutlaqo boshqa narsa... Men borgan Massachusets shtatidagi Plimut shahrida dengiz restoranida ishlayotganimga atigi 5-kun edi. Birga yashaydigan, ham birga ishlaydigan dugonam bilan kechki beshdagi ishimizga yo'lga chiqdik. Biz Kingston nomli shahardan 7 km uzoqlikdagi Plimutga velosiped bilan borardik ishga. Veloyo'llar barcha yo'lda bo'lmaganligi sababli biz trotuar bilan kelyotgan edik. 2-3 km yo'l yurganimizda men velosipedning ruliga ega bo'la olmay qolib, trotuardan avtoyo'lga, o'ng tizzamga yiqildim. Velosiped esa mening tizzamga to'g'ri yiqilib, o'ng tizzamni asfalt va velosiped temiri "sendvich" qilib yiqildi. Nima bo'lganini to'liq tushunmagan men tura solib qonayotgan oyoq-qo'limni tuproqdan tozalay boshladim. Velosipedimga qayta o'tirib, oyo

  • Ayaulym Seidolla tomonidan yozilgan postdagi rasm
  • Ayaulym Seidolla tomonidan yozilgan postdagi rasm
  • Ayaulym Seidolla tomonidan yozilgan postdagi rasm
1ishtirokchidan post Kingston haqida — turar joy va vizalardan tortib dam olish kunlari marshrutlarigacha.Hammasini o'qish